Xitoyning Sichuan provinsiyasi Chunsin shahrida dunyodagi eng murakkab transport yo‘li barpo etildi. People’s Daily Online nashri ta’kidlashicha, u sakkizta yo‘nalishdagi besh bosqich va 20 ta osma ko‘prikdan iborat, deb yozadi “Motor”.
Yo‘l qurilishi 2009-yilda boshlanib, endi yakunlandi. Mahalliy hokimiyat vakillarining so‘zlariga qaraganda, avtomobilchilarda to‘g‘ri yo‘nalish tanlash bilan bog‘liq muammo yuzaga kelmaydi.
Haydovchi kerakli burilishni o‘tkazib yuborgan taqdirda ham, to‘g‘ri yo‘nalishga tushib olishi uchun 500 metrdan bir kilometrgacha masofa bosib o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, hokimiyat vakillarining ta’kidlashicha, yo‘lda barcha yo‘nalishlarni aniq aks ettirgan navigatsion tizimlar ham sinovdan o‘tkazilgan.
Yo‘l o‘tkazgich qurilishi to‘liq yakunlanganligiga qaramasdan, uni keyingi yilga qadar to‘liq ochish rejalashtirilmayapti.