Litva Rossiya bilan chegarada devor qurilishini boshladi. Ikki metr balandlikka va 44,6 kilometr uzunlikka ega devor Litvaning ikki tumani hududidan o‘tadi. Bu devor kontrabanda va nolegal migratsiyaga qarshi kurilayotgani aytilmoqda, deb xabar beradi Meduza.
To‘siqlarning birinchi ustuni Shakyay tumanining Ramonishkes qishlog‘ida ko‘mildi. Marosimda mamlakat ichki ishlar vaziri Eymutis Misyunas ishtirok etdi.Litva chegarasini mustahkamlashga 3,6 million yevro ajratildi. Devor qurilishiga 1,3 million yevro sarflanadi. Qolgan pullar nazorat tizimlariga ishlatiladi. Jumladan, chegarani nazorat qilish uchun dronlardan foydalanilishi aytilmoqda.
Devor qurilishi 2017-yil oxiriga qadar yakunlanishi kutilmoqda.
2020-yilgacha Litva rasmiylari Belarus bilan chegarada ham devor qurmoqchi.
Izoh (0)