Bugungi kunda dunyo e’tibori Moskva va G‘arbning murakkab munosabatlariga qaratilgan, biroq Rossiya kelajagini belgilab berishi mumkin bo‘lgan boshqa mamlakatlar haqida ham unutmaslik lozim, deb yozadi Time. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Pekin bilan hamkorlik, jumladan, G‘arb sanksiyalari tufayli Moskva uchun muhim ahamiyatga ega. Maqola muallifining fikricha, u hech qachon haqiqiy do‘stlikka aylanmaydi: uning so‘zlariga qaraganda, Xitoy Rossiya bilan bajonidil savdo-sotiq qiladi, biroq boshqa mamlakatlar, ayniqsa Markaziy Osiyoga ta’sir ko‘rsatish masalasida u bilan raqobat qiladi.
Reyting ikkinchi o‘rnidan Yaponiya joy olgan. Tokio bilan manfaatli hamkorlik yuzasidan yapon texnologiyalari yordamida sanoatni modernizatsiya qilish, shuningdek, Xitoyga qarshi tura olish ehtimolini yaratish sanab o‘tiladi. Biroq Rossiya va Yaponiya munosabatlarini Kuril orollari atrofidagi mojaro murakkablashtiradi.
Suriyadagi operatsiyani boshlagan Rossiya hududda muhim rol o‘ynay boshladi. U Saudiya Arabistoni bilan jang maydonining turli tomonlarida bo‘lishiga qaramasdan, davlatlar har ikkala mamlakat iqtisodiyoti uchun vayronkor bo‘lgan neft narxlarining tushishini to‘xtatish va kelishishga erishdi.
Turkiyaning G‘arb bilan munosabatlari yomonlashishi fonida Anqara va Moskvaning yanada yaqin munosabatlar o‘rnatishiga tobora ko‘proq sabablar yuzaga kelmoqda.
Inqiroz ichida qolgan Venesuela maqola muallifi reytingining beshinchi o‘rnidan joy olgan. Muallifning ta’kidlashicha, 2016-yilning oxirida AQShning Citgo neft kompanyasiga egalik qiluvchi PDVSA davlat neft kompaniyasi “Rosneft”ga 49,9 foiz aksiyalarini kiritgan. Agar venesuelaliklar qarzini muddatida to‘lay olmasa, “Rosneft” Citgo aksiyalari nazorat paketini qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ladi.
Izoh (0)