O‘zbekistonlik bokschi Shohjahon Ergashev 10-iyun kuni professional faoliyatidagi o‘ninchi jangida ringga chiqadi. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, bokschida jarohat bor. Shunga qaramay, u jangni kechiktirish haqida o‘ylayotgani yo‘q va chap qo‘lidagi muammosiga qaramay, ringga ko‘tarilish niyatida.
Ergashev ijtimoiy tarmoqlardan biriga mashg‘ulot videosini joylashtirgan bo‘lib, asosan o‘ng qo‘lida ishlayotganini namoyish etgan. Aftidan u jangda mana shu qo‘liga tayanib harakat qiladi. Chap qo‘l esa mashg‘ulotlar davomida berilgan kuchli zarba sabab shikastlangan.
Ma’lumot uchun, Shohjahon Ergashevning o‘ninchi jangi boks kechasining asosiy jangi maqomida bo‘ladi va unga ham odatdagidek Rossiya mezbonlik qiladi.
Ergashev bunga qadar to‘qqiz jangining barchasida raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.
Izoh (0)