Hindiston qurolli kuchlari yadroviy kallakni tashishga qodir Prithvi-2 ballistik raketasini muvaffaqiyatli ravishda sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Hindiston mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
Uchirish Odishya shtatidagi Chandipur poligonida mobil platformadan amalga oshirildi.
2017-yilda Prithvi birinchi marta uchirilishi. Oxirgi sinovlar 2016-yil 21-noyabrda o‘tkazilgan edi.
Izoh (0)