Avstraliya dengiz xilma-xilligi markazi atrof-muhit haqidagi milliy dasturi doirasida ishlovchi olimlar 1880-yillardan buyon birinchi marta yuzsiz baliqni kuzatishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Typhlonus nasus — so‘qir tiflonus 5 ming metr chuqurlikda yashaydi va asosan dengiz tubi jonivorlari bilan oziqlanadi. Tiflonuslarning uzunligi o‘rtacha 30 santimetrni tashkil etadi. Uning ko‘zlari yo‘q, og‘zi esa tanasining pastki qismida joylashgan.
Tiflonusdan tashqari, olimlar biolyuminessent baliqlar, dengiz o‘rgimchaklari va boshqa noyob jonivorlarni kuzatishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)