Yupiterda ham qor va jala yog‘ishi mumkin. Juno kosmik apparatidan olingan fotosuratlarni sinchiklab o‘rganib chiqqan amerikalik olimlar shunday qarorga keldi, deb xabar beradi “TASS”.
Zond yuborgan fotosuratlar tufayli gaz giganti atmosferasida nafaqat kuchli shamol va bo‘ron, balki 80 kilometr kenglikdagi oq bulutlar bo‘lishi aniqlandi. Ular balandga ko‘tarilganida hosil bo‘lgan modda muzlab qoladi va pastga to‘kiladi. Ammo Quyosh tizimining eng yirik sayyorasidagi yog‘ingarchilik ammiakdan iboratdir.
“Shunday qilib, bu Yerda yog‘adigan qor emas. Balki yog‘ingarchilik jala shaklida ham yog‘ishi mumkin”, — dedi San-Antoniodagi (Texas shtati) Janubi-G‘arbiy tadqiqot instituti olimi, Juno loyihasi rahbari Skott Bolton.
Izoh (0)