Xalqaro futbol uyushmasi FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi.
O‘zbekiston Osiyo klublari orasida hamon oltinchi bo‘lib turibdi va Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni kabilardan ortda qolishda davom etmoqda. Farqi, so‘nggi bor 60-pog‘onada qayd etilgan Samvel Babayan boshqaruvidagi O‘zbekiston termasi, endilikda 62-o‘ringa tushib ketgan.
Rossiya terma jamoasi ham xuddi O‘zbekiston singari ikki pog‘ona sho‘ng‘idi va 63-o‘ringa joylashdi.
FIFA reytingini Braziliya va Argentina termalari boshqarib turibdi. Qayd etish kerak, braziliyalik futbolchilar JCh—2018 chiptasini birinchi bo‘lib qo‘lga kiritib ulgurgan.
Izoh (0)