AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Rossiyaga avvalroq xatlab qo‘yilgan diplomatik mulkini qaytarish masalasini o‘rganish davomida ushbu binolarni diplomatik daxlsizlikdan mahrum qilish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Washington Post nashri vaziyat bilan tanish manbalariga tayanib, xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Ruslarga binoni yana band qilishga ruxsat berish yuzasidan yakuniy qaror qabul qilishdan avval ma’muriyat rossiyaliklarning bino ichkarisidagi faoliyati bo‘yicha cheklovlar, jumladan, binoni diplomatik daxlsizlikdan mahrum qilish ehtimolini o‘rganmoqda”, — deb yozadi gazeta.
Nashrning ma’lum qilishicha, agar binolar daxlsizligini yo‘qotsa, ular odatiy binolar hisoblanadi va Amerika huquq-tartibot organlari u yerga kirish huquqiga ega bo‘ladi.
Izoh (0)