Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Filippin qurolli kuchlari oxirgi haftada IShID tarafdori bo‘lgan 89 nafar jangarini yo‘q qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda

Foto: EPA

Foto: EPA

Mamlakat armiyasi brigada generali Restituto Padilyaga ko‘ra, Maravi shahrida yuzaga kelgan holatni bartaraf etish uchun “o‘ta muvaffaqiyatli” qadam tashlamoqda. Biroq jangarilar ixtiyorlarida qolgan hududning 10 foizini juda yaxshi qo‘riqlamoqda. Ularning aniq soni ham ma’lum emas. 

Rasmiy manbalarga ko‘ra, qurolli mojaro hozirgacha 21 harbiy va 19 fuqaroning umriga zomin bo‘ldi. Jangarilar qo‘l ostidagi hududlarda ham ko‘plab tinch aholi qolmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar