Amerikalik mashhur senator Jon Makkeynning fikricha, Rossiya IShID terrorchi guruhidan ko‘ra global xavfsizlikka jiddiyroq tahdid soladi. Bu haqda u ABC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“O‘ylashimcha, IShID qo‘rqinchli narsalar qilishi mumkin, va men islom dini bilan bo‘layotgan ishlardan xavotirdaman. Men umuman ko‘p narsadan xavotirdaman. Ammo aynan ruslar demokratiyaning fundamental asoslarini buzishga urindi va AQShdagi saylov yakunlariga ta’sir o‘tkazdi”, — ma’lum qildi siyosatchi.
Makkeyn, shuningdek, bu xatti-harakatlar Fransiyadagi prezident saylovida davom etganini aytib o‘tdi.
Shu bilan birga, senator buning isbot-dalilini hozircha ko‘rmaganini tan oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)