Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston futzal terma jamoasini tarixda ilk bor Jahon chempionatiga olib chiqqan ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes O‘zbekistonni tark etdi. Bu haqda mamlakat futzal assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: O‘FA

Foto: O‘FA

Mendes 16—26-may kunlari Tailandda bo‘lib o‘tgan 20 yoshgacha futzalchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasini yarim finalga qadar boshlab borgandi. Shundan keyin uning assotsiatsiya bilan shartnomasi yakuniga yetdi va mutaxassis vataniga qaytib ketdi.

2015-yilning martidan buyon O‘zbekistonda ishlagan Xose Mariya Mendes o‘tgan davr mobaynida qanday natijalar qanday etdi?

O‘zbekiston MTJ

Osiyo chempionati—2016 vitse-chempioni (Toshkent)Jahon chempionati—2016 ishtirokchisi (Kolumbiya)

O‘zbekiston U20

Osiyo chempionati—2017 da 4-o‘rin (Tailand)

“Ardus”

O‘zbekiston kubogi sohibi (2015, 2016)O‘zbekiston vitse-chempioni (2016, 2017)Assotsiatsiya kubogi sohibi (2015)

O‘zbekiston futzal assotsiatsiyasi rahbariyati mutaxassisga O‘zbekistondagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildirgan.

Foto: O‘FF

Foto: O‘FF

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?