Rossiyaning Moldovadagi elchixonasida ishlovchi besh nafar diplomat mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Bu haqda, NewsMaker nashriga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Rossiya elchisi Farit Muxametshin Moldova rasmiylari bu haqda 29-may kuni xabarnoma yo‘llaganini bildirdi.
Diplomatlar mamlakatni bir sutka mobaynida tark etishi talab etiladi.
Chiqarib yuborilayotgan diplomatlar orasida harbiy attashe yordamchisi Aleksandr Grudin ham bor.
2017yil martida parlamentning sobiq deputati Yuriy Bolbochanu qo‘lga olindi. Prokuraturaga ko‘ra, u o‘z mamlakati ziyoniga ishlab, Grudinga axborot yetkazib bergan. O‘z xizmatlari uchun deputat 100–1000 dollar olishi aytilgan edi. Bolbochanuga nisbatan ayg‘oqchilik va vatanga xiyonat moddalari bo‘yicha ish ochilgan edi.
Moldova prezidenti Igor Dodon mamlakat TIV xatti-harakatlarini keskin tanqid qildi.
“Moldova diplomatiya tomonidan amalga oshirilgan ushbu qadamlardan chuqur tashvishda ekanligimni aytishni istayman. Bu harakatlarni qat’iyan qoralayman. Bu, aftidan, G‘arbning buyurtmasi asosida qilingan. Balki okean ortidan, prezidentura va Kreml o‘rtasida nihyaot konstruktiv va samarador muloqotga erishilganidan tashvidagi odamlar tomonidan qilingandir”, — dedi davlat rahbari.
Rossiya TIV ham diplomatlarning chiqarib yuborilishini paradoksal va namoyishkorona qadam deya baholadi.
Izoh (0)