Hindistonda birinchi bor Zika virusi yuqishi bilan bog‘liq holat aniqlandi. Bu haqda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bayonot berdi, deb xabar qiladi “Korrespondent.net”.
Hozircha uchta holat tasdiqlandi. Birinchi holat o‘tgan yilning noyabrida, qolganlari esa shu yilning yanvar va fevral oylarida qayd qilingan va yaqinda tasdiqlangan.
Shunga qaramay, xalqaro tashkilot hozircha Zika virusining global tahdidiga beriladigan bahoni o‘zgartirishga shoshilmayapti, negaki u asosan Janubi-Sharqiy Osiyoda tarqalmoqda.
Izoh (0)