Eron g‘arbida terrorchilar bilan to‘qnashuvlar chog‘ida ikki chegarachi halok bo‘ldi, yana ikki nafari yaralandi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.
To‘qnashuvlar Urmiya chegara qo‘shinlari hamda Kurdiston ishchi partiyasining PJAK bo‘limi o‘rtasida ro‘y berdi.Eron TIVning rasmiy vakili Bahrom Qosimiy ushbu voqeaga izoh berarkan, chegaralarni asrashga jiddiy e’tibor qaratishga chaqirdi.
“Biz chegara xavfsizligi va barqarorligini oshiradigan har qanday qadamni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi u Tasnim agentligiga.
Izoh (0)