AQShning Burger King tez tanovul restoranlari tarmog‘i Belgiyada bo‘limini ochish arafasida mamlakat bo‘ylab reklamasini namoyish qilmoqda. Reklamada qirol Filipp tilga olingani qirollik oilasining g‘azabini qo‘zg‘atdi, deb xabar beradi “TASS”.
Maxsus ishlab chiqilgan reklama saytida foydalanuvchilarga ikki qiroldan biriga ovoz berish taklif qilinadi. Ushbu o‘ziga xos “saylov”da qirol Filipp va “burgerlar qiroli” ishtirok etmoqda. Ikkinchi “nomzod” ostida kompaniya o‘ziga ishora qilgan. Agar “Belgiyada hukmronlik qiladigan qirolni tanlang” savoliga javoban foydalanuvchi haqiqiy qirolni tanlasa, sayt undan bir necha marta qayta so‘raydi va haqiqiy qirol, kompaniyadan farqli ravishda, unga ovqat tayyorlab bermasligini eslatib o‘tadi. Burgerlar qiroli, ya’ni kompaniyaning o‘zi tanlanganida sayt bu ovozni darhol inobatga oladi.
“Biz bunday yondashuvni ma’qullamaymiz. Bu tijoriy maqsadda qilinmoqda, shu bois biz bunga ruxsat bermaymiz”, — deb izoh berdi bunga qirollik oilasi vakili.
Izoh (0)