Kecha — 27-may kuni Angliya va Ispaniyadan tashqari Fransiya hamda Germaniyada ham mamlakat kubogining final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Fransiya kubogi Parij yetakchisiga nasib qildi. Hal qiluvchi o‘yinda “Anje”ga qarshi saf tortgan Unai Emeri jamoasi so‘nggi daqiqadagi avtogol sabab bosh sovringa ega chiqdi.
Yarim finalda “PSJ” asosiy raqobatchisi bo‘lgan “Monako” ustidan zafar quchgandi. Parijliklar, shuningdek, mamlakat Liga kubogida ham muvaffaqiyat qozongan bo‘lib, finalda Monako jamoasini taslim qilgandi.
Shunga qaramay, mamlakat chempionligi “PSJ”ga nasib qilmadi. “Monako” nafaqat oltin medallarni qo‘lga kiritdi, balki Chempionlar ligasida yarim finalga qadar yetib borishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Fransiya kubogi Final 27-may, shanba
“Anje” — “PSJ” 0:1
Gol: Sissoko, 90+1-avt (0:1).Germaniya kubogi esa Dortmundning “Borussiya” klubiga nasib qildi. Tomas Tuxel jamoasi finalda Frankfurt klubini taslim qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Dortmundliklar yarim finalda asosiy raqobatchi “Bavariya”ni 3:2 hisobida yengishga muvaffaq bo‘lgandi. Chempionatni esa ular uchinchi pog‘onada yakunladi, chempionlik “Bavariya”ga tegishli bo‘ldi.
Germaniya Kubogi Final 27-may, shanba
Izoh (0)