Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Xitoy hukumati mahalliy OAVga mamlakatning eng kuchli o‘yinchisi va Google AlphaGo algoritmi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan milliy Go o‘yini musobaqasida translyatsiya va musobaqa natijalarini e’lon qilishni taqiqladi. Keyinroq musobaqada mag‘lub bo‘lgan Ke Szening aytishicha, algoritm insonga nisbatan juda kuchli bo‘lgan, deb xabar berdi TJournal.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Xitoy hukumati nashrlar va telekanallarga o‘yinni translyatsiya qilmaslik va uning natijalarini e’lon qilmaslik borasida ogohlantirish jo‘natdi. O‘yinning xitoylik fanatlari o‘z yurtida bo‘lib o‘tayotgan musobaqani ko‘ra olishmayotganidan g‘azabda.

O‘yin nima sababdan translyatsiya qilinmagani izohlanmadi. The Guardian’ning ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy hukumati milliy g‘ururga putur yetishini istamagan.

Ta’kidlanishicha, o‘yin mamlakatning milliy boyligi hisoblanib, uni har bir jentelmen xuddi rassomchilik va husnixatga ega bo‘lgani kabi o‘ynay bilish kerak.

Musobaqaning birinchi o‘yini 23-may kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Google algoritmi 19 yoshli chempion ustidan g‘alaba qozondi. N+1 nashrining yozishicha, avvallari, kompyuter mavhum fikrlashga ega bo‘lmagani sabab Go o‘yinida odamni yuta olmaydi deb hisoblangan. Biroq AlphaGo 2016 algoritmi barqaror ravishda dunyoning eng kuchli o‘yinchilarini yutib kelmoqda.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Dunyo
“Zelenskiy NATOga ariza topshirib, dunyoga uchinchi jahon urushini taklif qilmoqda” — Dmitriy Medvedev
Dunyo
“Biz muloqotga tayyormiz, ammo boshqa prezident bilan” — Zelenskiy Rossiyada prezident almashsagina muzokaralar stoliga qaytishini ta’kidladi