Toshkent viloyat IIB tomonidan “Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni” doirasida brifing o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Jumladan, Toshkent viloyati hududida 2017-yilning 18-may kunidan 24-may kuniga qadar 137 ta jinoyat qayd etildi.Ulardan to‘rttasi qasddan odam o‘ldirish, bittasi bosqinchilik, beshtasi og‘ir tan jarohati, oltitasi talonchilik, 40 tasi o‘g‘rilik, 23 tasi giyohvandlik, ikkitasi transport vositasini olib qochish, ikkitasi bezorilik, beshtasi firibgarlik, bittasi iqtisodiy va 48 tasi boshqa jinoyatlarni tashkil qiladi.
Sodir etilgan jami 137 ta jinoyatning 112 tasi “izi yo‘qolmasdan” fosh etilgan va tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda, fosh etilmagan 25 ta (22 ta o‘g‘rilik, bitta bosqinchilik, bitta talonchilik, bitta o‘zga jinoyat) jinoyat bo‘yicha aybdorlarni qidirib topish va ularni qonun doirasida javobgarlikka tortish choralari ko‘rilmoqda.
O‘tgan yillarda qidiruvda yurgan 19 nafar, joriy yildan bir nafar jinoyatchi ushlanib, 19 ta o‘tgan yillarda, bitta joriy yilda, 15 ta noma’lum shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyat fosh etilib, jinoyat ishlaridan 36 ta dastlabki tergovi to‘xtatilgan va fosh etilmagan jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergov tiklangan. Hafta davomida 12 ta o‘z joniga qasd qilish, 14 ta baxtsiz hodisa, 23 ta bevaqt o‘lim (38 nafar fuqaro vafot etgan) sodir bo‘lgan.
Joriy yilning 18—24-may kuni holatiga viloyat hududida sodir qilingan va ro‘yxatga olingan jami 137 ta jinoyatning 27 tasi bevosita prokuror va ichki ishlar rahbarlari ishtirokida, 20 ta mahallada, bitta o‘quv yurtida, oltita jinoyat sodir qilgan shaxsning yashash joyida 24 nafar prokuror, 63 nafar IIB rahbariyati, 942 nafar o‘zini o‘zi boshqarish organi faollari, 36 nafar davlat boshqaruvi organi, 17 nafar “Kamolot” YoIH, 24 nafar “Nuroniy” jamg‘armasi, 25 nafar xotin-qizlar jamoasi, 23 nafar tuman (shahar) hokimligi, 18 nafar mahalliy Kengash deputatlari vakili ishtirokida 27 ta jinoyat qayd etilgan kun va 110 tasi ertasi kuni chuqur muhokama qilindi.
Izoh (0)