Shri-Lankada kuchli jala keltirib chiqargan ko‘chki va toshqinlar oqibatida 91 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
110 kishi bedarak ketgan deb hisoblanmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarda 25 kishi halok bo‘lgani bildirilgan edi.
Qutqaruv-qidiruv operatsiyalarida 400 ga yaqin harbiy xizmatchi ishtirok etmoqda, kater va vertolyotlar ishga solingan.
Izoh (0)