Rossiya mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu o‘zbekistonlik hamkasbi general-polkovnik Qobul Berdiyevga o‘zbek xalqining fashizmga qarshi kurashga qo‘shgan hissasiga hurmat yuzasidan G‘alaba bayrog‘i nusxasini sovg‘a qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“O‘zbek xalqining fashist Germaniyasini tor-mor keltirishga qo‘shgan katta hissasining e’tirofi belgisi o‘laroq O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziriga harbiy yodgorlik — G‘alaba bayrog‘ining tarixiy nusxasini topshirmoqchi edim; u jasorat va shuhrat ramzi hisoblanadi”, — dedi Shoygu MDH davlatlari mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishining ochilish marosimida.
Uning eslatib o‘tishicha, 1992-yil 26-mayida tarixiy uchrashuv bo‘lib o‘tib, bu MDH davlatlarining Hamdo‘stlik mudofaa vazirlari kengashi formatidagi hamkorligining boshlanmasi bo‘ldi.
Izoh (0)