Misr hukumati terrorizmni qo‘llab-quvvatlash va yolg‘on yangiliklarni tarqatishda ayblab, 21 ta axborot resursini taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda “Korrespondent.net” nashri xabar bermoqda.
Qatarda joylashgan Al Jazeera telekanali sayti ham taqiqlangan resurslar safiga kiritildi. Misrning mashhur yangiliklar resursi Mada Masr ham taqiq ostiga tushdi.
Misr hukumati avval ham bu kabi cheklovlarni joriy etgan, biroq mazkur taqiq avvalgilaridan o‘z ko‘lami bilan farq qilmoqda. Avval u yoki bu resurslar bloklab qo‘yilgan bo‘lsa ham, qaror davlat darajasida qabul qilinmagan.
Misr xavfsizlik organlari manbalariga ko‘ra, saytlarning bloklanishiga ularning mamlakatda taqiqlangan Musulmon birodarlar harakati bilan aloqador ekanligi sabab bo‘lgan.
Izoh (0)