AQSh hukumati mamlakat fuqarolarining Shimoliy Koreyaga borishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda, CNN’ga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ikki deputat tomonidan kiritilgan qonun loyihasida AQSh fuqarolariga Shimoliy Koreyaga turistik maqsadlarda borishni taqiqlash KXDRni chet el valyutasi manbalarining biridan mahrum qiladi, shuningdek, AQSh fuqarolari ushbu mamlakatda tutib qolinishining oldini oladi.
Qonun loyihasida KXDRga borish uchun litsenziya berilishini ko‘zda tutadi. Turistlarga bunday litsenziya berilmaydi.
Izoh (0)