Sahrolar quruqlikning uchdan bir qismini tashkil etadi. U yerlardan nimalar topilmagan deysiz: ulkan kemalar, boyliklar hatto butun boshli shaharlar. Biroq ayrim topilmalar shu daraja g‘alati va shubhaliki ularni tushuntirib berishning imkoni yo‘q.
AdMe sahrolardan shu kabi topilgan g‘ayrioddiy buyumlar, topilmalar suratlarini to‘plab taqdim etdi.Prada do‘koni
Texasdagi sahroning o‘rtasida Prada do‘koni joylashgan. Uning tokchalaridan qimmat sumkalar, zargarlik buyumlari va dizaynerlik poyabzallar joy olgan. Biroq ularni sotib olishning iloji yo‘q. Chunki buni qurishdan maqsad — sivilizatsiyadan uzoqda joylashgan do‘konning qay ko‘rinishda bo‘lishini ko‘rish.
Do‘kon ochilganining birinchi kunidayoq unga o‘g‘ri tushgan. Shundan so‘ng mustahkam qulflar va sinmaydigan oynalar o‘rnatilib, yana qaytadan buyumlar olib kelib joylashtirilgan.Ulkan ko‘rsatgich
Arizona cho‘lida 20 metrli toshdan yasalgan ko‘rsatgichni ko‘rish mumkin. Ushbu ko‘rsatgich 1911-yilda o‘rnatilgan bo‘lib, pochta samolyotlariga buyurtmalarni g‘arbiy qirg‘oqqa eltishda yo‘nalishni ko‘rsatib turgan.Telefon budkasi
Moxave cho‘liga 1960-yilda, yo‘ldan 13 kilometr chetga telefon budkasi o‘rnatilgan. U shaxta ishchilari va adashib qolganlar uchun mo‘ljallangan. Biroq u turistlar orasida mashhurlikka erishgan.
Rik Karr ismli odam budka yonida 32 kun yashab 500 ta qo‘ng‘iroqqa, jumladan Pentagon qo‘ng‘irog‘iga javob qaytargan. 2000-yilda axlatlar to‘planib qolganligi sabab budka buzib tashlagan. U haqida hatto butun boshli film ham ishlagan.“Sahro nafasi”
Ushbu g‘ayrioddiy joy Misr sharqida joylashgan bo‘lib NUJlar bazasini yodga soladi. Aslida esa bu 1997-yilda grek ijodkorlari tomonidan qurilgan. 100 ming kvadrat metr maydonni egallagan “Sahro nafasi” qumli yo‘llarning cheksiz ekanligini ifodalaydi.Video o‘yinlar saqlangan maxfiy joy
Mashhur Atari kompaniyasi 1980-yilda juda ko‘p mahsulot ishlab chiqargan, biroq video o‘yinlar va pistavkalarga talab kam bo‘lganligi sabab omborlari to‘lib ketgan. Ulardan tezda qutilishning yo‘li — bu “boyliklar”ni sahroga ko‘mib tashlash bo‘lgan.
“Xazina” uzoq yillar davomida qidirilgan. Biroq 2014-yildagina ushbu “boylik”ni topishga muvaffaq bo‘lingan. “Xazina”dan ajoyib holda saqlangan minglab video o‘yinlar, pristavkalar va nashrlar to‘plami joy olgan. Barcha topilmalar eBay orqali katta mablag‘ga sotilgan.Sahro qo‘li
Chili shimolida joylashgan Atakama sahrosida yer ostidan chiqib turgan 11 metrli qo‘l mavjud. U 1992-yilda, qum orasida cho‘kayotgan insonning zaif va ilojsiz ekanligi ramzi sifati qurilgan.Maxfiy hovuz
Topqir avstriyalik ijodkor Moxave sahrosida haqiqiy elita hovuzni qurdi. Issiq sahro o‘rtasida istalgan kishi hovuzning sovuq suvida cho‘milishi mumkin. Faqat ushbu hovuzni topish oson emas: atrofida mo‘ljallga olinadigan birorta narsa yo‘q, Google xaritasi esa uning joyni aniqlay olmaydi.
Izoh (0)