Manchesterdagi terakt ijrochisi — 22 yoshli Salmon Obidiyning otasi o‘g‘li ushbu jinoyatga aloqadorligiga ishonmasligini bildirdi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, Salmon bilan hujumdan besh kun oldin telefonda gaplashgan, va o‘g‘li sokin ovozda u bilan suhbat qurgan. Aytilishicha, Salmon Saudiya Arabistoniga, so‘ngra Liviyaga borishni rejalashtirgan, u yerda Ramazon oyini o‘tkazishini otasiga aytgan.
Bir yarim oy muqaddam Salmon Liviyada, ota-onasining yonida bo‘lgan.
“Biz aybsizlarning o‘limini xohlamaymiz, bu bizga xos emas”, — terrorchilikda ayblanayotgan yigitning otasi Ramazon Obidiy.
U o‘g‘li Salmonning teraktga aloqadorligini inkor qildi, shu bilan birga, 23 yoshli o‘g‘li Ismoil hibsga olinganini tasdiqladi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, terakt oqibatida 22 kishi halok bo‘lgan, 120 kishi jarohatlangan. Uch kishi teraktda ishtirok etishda gumonlanib hibsga olingan.
Izoh (0)