Eronda raketa qurol-yarog‘lari ishlab chiqaruvchi uchinchi yer osti zavodi qurildi. Bu haqda islom inqilobi muhofizlari korpusi havo-kosmik kuchlari qo‘mondoni brigada generali Amir Ali Hojizoda bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Biz mudofaa qudratini rejali oshirib bormoqdamiz. Oxirgi yillarda Eronda korpus kuchi bilan raketa ishlab chiqaruvchi uchinchi yer osti zavodi qurildi”, — dedi u Dizful shahridagi chiqishi chog‘ida.
Dizful shahri 1980–1988-yillardagi Eron-Iroq urushida asosiy jangovar harakat maydonlaridan biriga aylangan edi.
Hojizoda islom inqilobi muhofizlari korpusi tomonidan ishlab chiqilayotgan “yer–yer” yangi ballistik raketa “Dizful” nomini olishini aytdi.
Izoh (0)