AQSh rahbariyati NATO IShIDga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro koalitsiya ishlariga va tadbirlariga to‘liq qo‘shilishi lozimligi borasidagi pozitsiyasida mustahkam turibdi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
Ta’kidlanishicha, ushbu bayonotni davlat kotibi Rimdan Bryusselga uchish chog‘ida samolyotda bergan.
“NATOning IShIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shilishi, o‘ylashimizcha, ular uchun juda muhim qadam bo‘ladi”, — degan Tillerson.
U ayni paytda NATO koalitsiyada kuzatuvchi maqomidaligini eslatib o‘tgan, shu bilan birga, alyans IShIDga qarshi real kurashga borgan sayin ko‘proq kirishib ketayotganini qayd qilgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)