Turkiya sudi muxolif siyosatchi Fathulloh Gulen bilan aloqadorlikda gumon qilinayotgan 139 kishini hibsga olish uchun ruxsatnoma berdi. Bu haqda, Anadolu agentligiga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Aytilishicha, tilga olingan shaxslarning 79 nafari Anqara shahri va poytaxt tuman ma’muriyatining sobiq yoki amaldagi xodimlaridir.
Qolganlar esa rivojlanish va ta’lim vazirliklari ishchilaridir.
Kecha, 23-may kuni 69 kishi harbiy to‘ntarish ishi doirasida hibsga olingani xabar qilingan edi.
Izoh (0)