Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi soliq to‘lashdan qochish ayblovi bilan 21 oyga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bu haqda “Sports.ru” nashri xabar berdi.
Futbolchi 2007—2009-yillar davomida Ispaniya soliqchiligini aylanib o‘tib, umumiy hisobda 4,1 million yevro pulni davlatdan yashirishga uringan bo‘lishi mumkin.
Messiga hukm o‘qilishini talab qilayotganlar avvaliga uch yillik jazoni ilgari surgandi. Vaziyatni o‘rganib chiqqan sud esa jazoni 21 oyga qadar qisqartirdi. Bunda Messi va uning otasi Xorxe sud oldida teng javob berishi ko‘rsatilgan.
Argentinalik hujumchi bunga qadar ham xuddiy shunday ayblov bilan sudlangan bo‘lib, soliqlarni to‘lash borasidagi barcha harakatlarni otasi amalga oshirishini va o‘zi bunga aralashmasligini aytib o‘tgan, keyinroq esa soliqdan bo‘yin tovlash ayblovi bilan birinchi bor sud oldida turgani inobatga olinib, jazodan qutulib qolgandi.
Izoh (0)