O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisovda jarohat bor va uning Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi so‘roq ostida, deb ma’lumot berdi “Championat.asia” nashri.
Berilgan ma’lumotga ko‘ra, Vitaliy Denisovning churrasi (grija) qo‘zg‘ab qolgan. Buning oqibatida Denisov Rossiya kubogi finalidan keyin bo‘lib o‘tgan “Lokomotiv”ning Premyer-ligadagi uchta bellashuvida ishtirok eta olmagan.
O‘zbekiston terma jamoasi 6-iyun kuni Toshkentda Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. 12-iyun kuni esa JCh—2018 saralashi doirasida Tehronda Eron bilan o‘ynaydi.
Vitaliy Denisov jarohati sabab Suriya va Qatar termalariga qarshi o‘yinlarda ham ishtirok eta olmagandi. Qayd etish kerak, o‘zbekistonliklar suriyadan 0:1 hisobida yengilgan.
Izoh (0)