• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12615.07
    • RUB162.02
    • EUR14754.59
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi: Kollejlarga qabul kvotalarini prognozlashtirishda mehnat bozori konyunkturasi inobatga olinadi

    O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mutaxassislari O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 18-maydagi № F-4941-sonli farmoyishiga sharh berib o‘tdi. Vazirlik vakilining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, qaror ijrosini ta’minlash uchun mamlakatdagi yetuk olimlar, amaliyotchi mutaxassislar, ta’limda ijtimoiy sherikchilik vakillari, zarur sohalar bo‘yicha xorijiy ekspertlarni jalb etiladi. Quyida sharhlar matnini to‘liq keltiramiz.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, mehnat bozorining talablariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish, bu sohada ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish orqali o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan isloh qilish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti 2017-yil 18-mayda “O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha Respublika komissiyasini tuzish to‘g‘risida”gi № F-4941-sonli farmoyishga imzo chekdi.

    Ushbu farmoyishda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarda vazifalarga asosiy urg‘u berish nazarda tutiladi:

    ish beruvchi korxonalar, ota-onalar, o‘quvchilar va boshqa manfaatdor tomonlar vakillari o‘rtasida ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazish asosida kasb-hunar ta’limi dasturlarini o‘qitish muddati bir yildan to‘rt yilgacha bo‘lgan, universal kasb-hunar ta’lim dasturlaridan chuqur ixtisoslashtirilgan, murakkab ta’lim dasturlarigacha tabaqalashtirish;

    kasb-hunar kollejlarini ularda joriy qilinadigan tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari asosida toifalash, tuman (shahar) xaritalarida joylashishini belgilab chiqish, bitiruvchilarni ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qishini davom ettirishining huquqiy asoslarini belgilash;

    o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi standarti talablarini ta’limning xalqaro standart tasniflagichi, xalqaro kvalifikatsiya ramkalari, professional standartlar talablariga muvofiqligini o‘rganish, tizimni xalqaro andozalar talablariga uyg‘unlashtirish;

    o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar bo‘yicha umumdavlat tasniflagichini tahlil qilgan holda xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan tasniflagichiga moslashtirish;

    yoshlarning ijtimoiy ong va tafakkurini shakllantirishga, yuqori texnologik muhitda samarali faoliyat olib borishiga, zamonaviy texnologiyalarni yaratish va o‘zlashtirishga asos bo‘lib xizmat qiladigan fanlarga urg‘u berish asosida fanlar sonini optimallashtirish;

    ta’lim olish va kasb o‘rganish tamoyili asosida O‘zbekistonda shakllanayotgan tajribani tizimlashtirish, katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga hunar o‘rgatish bo‘yicha nodavlat sektorini davlat uzluksiz ta’lim tizimi bilan integratsiyalash;

    hududlar bo‘yicha kasb-hunar kollejlariga qabul kvotalarini prognozlashtirishda iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, mehnat bozori konyunkturasini inobatga olgan holda ehtiyojni aniqlash, ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish, kollej bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, uning monitoringini yuritishda vazirliklar va idoralar o‘rtasida barqaror axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi tizimni joriy qilish;

    olis hududlardagi kasb-hunar kollejlarida mutaxassis tayyorlashda iqtisodiyot ehtiyojlari, ish beruvchilar manfaatlarini inobatga olgan holda o‘quvchi yoshlarning, ayniqsa qizlarning kasb-hunar egallashida ularning kelajak hayoti, oila qurishi, ro‘zg‘or yuritishi, farzandini sog‘lom va barkamol qilib voyaga yetkazishi kabi o‘ta muhim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan ta’lim dasturlarini joriy qilish;

    ta’lim mazmunini investitsiya loyihalari ko‘lami, yaratilayotgan ish o‘rinlarining yangilangan malaka talablari asosida davriy ravishda takomillashtirib borish mexanizmini yaratish va joriy qilish, yirik investitsiya loyihalari tarkibiga hamkorlikda kadrlar tayyorlash komponentini kiritish;

    o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va o‘quvchilarning ma’naviy dunyoqarashi shakllanishini tanqidiy o‘rganib chiqish, o‘quvchilarning bilim olish, kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarining susayib borishi, davomatning pasayishi kabi holatlarni tahlil qilgan holda pedagogik jarayonga yangi shakl va uslublar joriy qilish;

    o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyati shakllanishini rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish, mavjud o‘quv adabiyotlarini zamon talablariga moslashtirish, takomillashtirish, mazmunan va shaklan boyitishga qaratilgan qo‘shimcha adabiyotlar yaratish;

    o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini hamda ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha mavjud muassasalar faoliyatini takomillashtirish;

    o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy salohiyati va pedagogik mahoratini oshirish, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xorijiy tillarni o‘zlashtirishni kundalik vazifasiga aylantiradigan yangi mexanizmni yaratish;

    o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimlari hamda zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, o‘qituvchi va o‘quvchilarni ta’lim hamda o‘qitish tizimiga doir statistik, metodik ma’lumotlarni olishga, axborotlar bazasi va zamonaviy axborot-qidiruv tizimlaridan foydalanishga imkoniyatlar yaratish;

    kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining tadbirkorlik qobiliyatini aniqlash, mustaqil biznes yuritish sohasidagi fan dasturlarini takomillashtirish;

    o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida xalqaro baholash dasturlari asosida o‘quvchilarning umumta’lim fanlari bo‘yicha bilimlarini tashqi baholash dasturlarini joriy qilish;

    ta’lim muassasalari zamonaviy o‘quv-laboratoriya jihozlari, asbob-uskuna, texnika bilan ta’minlanganlik darajasi va ularning yaroqlilik holatini o‘rganish natijalari asosida ta’lim muassasalarini zamon talablariga javob beradigan o‘quv-laboratoriya jihozlari, asbob-uskuna, texnika bilan ta’minlash, ularning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash.

    Yuqorida belgilangan barcha vazifalar bo‘yicha mamlakatdagi yetuk olimlar, amaliyotchi mutaxassislar, ta’limda ijtimoiy sherikchilik vakillari, zarur sohalar bo‘yicha xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda ijrosini ta’minlash choralari ko‘riladi.

    23.05.2017, 20:43   Izoh (0)   11474
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsevni qabul qildi

    23.05.2017, 20:25

    Toshkentni o‘zgartiradigan Yan Geyl: Yo‘llar emas, ko‘chalar qurmoq kerak

    23.05.2017, 20:15

    Moliya instituti rektori Bahodir Begalov Davlat statistika qo‘mitasi raisi etib tayinlandi

    23.05.2017, 19:55

    Nyu-York, Moskva, Olmaota qiyofasini o‘zgartirgan arxitektor Toshkentni odamlarga qulaylashtirish uchun tavsiyalar tayyorlaydi

    23.05.2017, 19:04

    “Salomatlik poyezdi” Orolbo‘yi aholisiga 15 mlrd so‘mlik dori-darmon, oziq-ovqat va kiyim-kechaklar olib keldi

    23.05.2017, 18:32

    Soliq qo‘mitasi nazorat-kassa mashinasi va to‘lov terminalidan foydalanmaslik bo‘yicha o‘tkazgan 429 ta tekshiruvining barchasida qoidabuzarliklarni aniqladi

    23.05.2017, 18:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Chelsi” finalda “PSJ” darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, bosh sovringa ega chiqdi (video)

    Sport | 14 iyul, 02:39

    12 mln tonnalik aysberg Grenlandiyadagi qishloqqa yaqinlashdi

    Dunyo | 13 iyul, 23:55

    Eron Isroilni “ekologik jinoyat”da aybladi

    Dunyo | 13 iyul, 23:40

    AQSHda 7 balli zilzila kuzatilishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 23:20

    Londonda samolyot qulab tushdi (video)

    Dunyo | 13 iyul, 23:10

    Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqdan qochdi

    Dunyo | 13 iyul, 22:58

    “Eron yadro bombasi bilan Isroilni yo‘q qilishga tayyor” — Netanyaxu

    Dunyo | 13 iyul, 22:30

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    Futbol | 13 iyul, 22:15

    Ukraina Ozarbayjondan gaz sotib olmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.