Gustav Eyfelning xususiy xonasi, Parij Fransiya
Eyfel minorasining uchinchi qavatida Gustav Eyfelga tegishli xona joylashgan bo‘lib, bu yerda u muhim mehmonlarni, jumladan, Tomas Edisonni qabul qilgan. Hozirda ushbu xonadagi kursida Eyfel va Edisonning manekenlari o‘tiradi.Tayms-skverdagi bo‘sh bino, Nyu-York, AQSh
Uan-Tayms-skver binosi o‘z xo‘jayinlariga yiliga 23 million dollarga yaqin daromad keltirsa ham, bino ichida tashlandiq ofis xonalari va birinchi qavatdagi dorixonadan boshqa hech nima yo‘q.
Binoga egalik qiluvchi firma 1992-yilda bankrotga uchraganidan so‘ng, uni reklama kompaniyasiga sotib yuborgan. Shundan beri Uan-Tayms-skver ulkan ekranlar uchun tayanch vazifasini bajaradi.Tashlandiq Siti-xoll metro bekati, Nyu-York, AQSh
Nyu-York metropolitenidagi “Siti-xoll” bekati 1904—1945-yillar davomida ishlagan. Yangi poyezdlar kelganligi, ularning vagonlari burilishlarni amalga oshirish uchun juda uzun bo‘lganligi sabab bekat yopilgan.
“Siti-xoll” bekatini ko‘rish uchun №6 poyezd vagoni so‘nggi bekatga yetganida undan chiqmaslik kerak: poyezda ortga qaytish uchun aynan shu bekatdan burilishni amalga oshiradi.Rashmor tog‘i va maxfiy xona, AQSh
Rashmor tog‘ida o‘yib ishlagan to‘rtta prezident tasviridan tashqari maxfiy xona ham mavjud. Besh tonnali tosh bilan berkitilgan xonada AQSh tarixidagi eng muhim hujjatlarning nusxasi, jumladan mustaqillik deklaratsiyasi ham saqlanadi.Dojlar saroyidagi qamoqxona, Venetsiya, Italiya
Venetsiyadagi dojlar saroyining tomi ostida qachonlardir Jakomo Kazanova — Pombi saqlangan qamoqxona mavjud. Qamoqxonaning 400 yillik tarixi davomida Kazanova bu yerdan qochishga muvaffaq bo‘lgan yagona mahbus.Las-Vegas-Strip ostidagi tunellar, Las-Vegas, AQSh
Las-Vegasdagi asosiy ko‘ngilochar ko‘chaning ostidagi tunellar ko‘plab boshpanasiz odamlar uchun panoh vazifasini bajaradi. Bu yer mutlaqo qorong‘i, biroq fonar yoqilishi bilan “odamlar yashaydigan maskan” ekanligi ma’lum bo‘ladi: mebellar, kiyimlar va turli xo‘jalik buyumlariga to‘la.Empire State Building’ning 103-qavati, Nyu-York, AQSh
Binoning 102-qavatida tomosha maydonchasi joylashgan. Biroq shaharni 103-qavatda joylashgan kichkina xona orqali ham kuzatishning imkoni bor. Ushbu xona faqat xodimlarga, mashhurlarga va muhim mehmonlarga ochiladi.Kardinal Bibbienaning vannaxonasi, Papa saroyi, Vatikan
Rafael Santi va uning shogirdlari tomonidan 1516-yilda ishlangan ushbu vanna kardinal Bibbiena apartamentlarining bir qismi hisoblanadi. Vannaga kirish kardinalning sobiq yotoxonasida, hozirda Rim papasining turli mamlakatlar rahlabarini qabul qiladigan xonasida joylashgan.Zolushka saroyidagi maxfiy xona, Disney World, AQSh
Ushbu xona qimmat mehmonxonadagi nomerlardan biriga o‘xshashiga qaramay, pul to‘lab bu yerda bir kecha ham qolishning imkoni yo‘q. Bu yerda yashash uchun mukofotni faqat yutib olish mumkin — g‘ayrioddiy mukofot har yanvar oyida o‘ynaladi.Ozodlik haykali mash’alasidagi kuzatuv maydoni, Nyu-York, AQSh
1916-yilga qadar haykal mash’alasida joylashgan maydonga chiqish uchun zina bo‘lgan. 1916-yilda portlash oqibatida mash’alaga zarar yetgan va turistlar uchun u yerga kirish butunlay taqiqlangan. 1986-yilda mash’ala yangisiga almashtirilgan bo‘lishiga qaramay, hozir ham u yerga kirish mumkin emas.
Izoh (0)