Anqarada 21-may, yakshanba kuni yo‘q qilingan IShID guruhi jangarilari amaldagi Adolat va taraqqiyot partiyasi syezdiga terakt tayyorlayotgan edi. Bu haqda poytaxt gubernatori Erjan Topaja ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“O‘ldirilgan ikki terrorchi Adolat va taraqqiyot partiyasi syezdiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan”, — dedi u.
Avvalroq terrorchilardan biri Ozarbayjon fuqaroligiga ega ekanligi ma’lum qilingan edi.
Aksilterrorchilik operatsiyasi 21-may tongida Etimesgut tumanining turar-joy kompleksida o‘tkazildi. Politsiya jangarilar joylashgan kvartiralardan birini o‘qqa tutgan. Terrorchilar politsiyachilarga qarata o‘t ochgan va javob hujumi natijasida o‘ldirilgan. Jangarilar kvartirasi tintuv qilinganda qo‘l granatalari, qurol-yarog‘ va yasama portlovchi qurilmalar topilgan.
Izoh (0)