Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ikki voyaga yetmagan farzandi 2016-yilda oldingi yilga nisbatan 50 barobar ko‘proq daromad oldi. Buni ikki yilda topshirilgan daromad deklaratsiyalari qiyosi ko‘rsatmoqda, deb xabar beradi Meduza.
Qodirovning jami 12 voyaga yetmagan farzandi bor. 2015-yili ularning ikki nafari 200 ming rubldan daromad ko‘rgan edi. Bir yil o‘tib uning yana ikki voyaga yetmagan bolasi 10 million rubl ishlab topdi. Daromad manbalari ko‘rsatilmadi.
2016-yilda Qodirovning o‘zi qariyb 11,5 million rubl ishlab topdi. 2015-yili uning daromadi 6 million rubldan oshgan edi.
Izoh (0)