Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz as-Saud ar-Riyodda ekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha global markaz (The Global Center for Combating Extremist Ideology, GCCEI) ochilishi haqida e’lon qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
AQSh prezidenti Donald Tramp hamda 50 musulmon davlati rahbarlari ishtirokidagi arab-musulmon davlatilari va AQSh sammitidagi chiqishida qirol ushbu struktura yaqin vaqtda ish boshlashini ma’lum qildi.
Aytilishicha, shtab-kvartirasi ar-Riyodda joylashadigan ushbu markaz kibermuhitda terrorchi guruhlar faolligi monitoringi, ularning a’zolari yuritadigan yozishmalarni kuzatish bilan shug‘ullanadi. GCCEI faoliyati IShID va “al-Qoida” singari terrorchi guruhlarga qarshi kurashga hissa qo‘shishga qaratiladi, ammo ushbu kurash jang maydonida emas, axborot texnologiyalari olamida olib boriladi.
Ushbu strukturaga Saudiya Arabistoni millionlab dollar yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)