O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga amaliy tashrifi davomida qator muhim kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi O‘zA.
Muzokaralar yakunida ikki mamlakat vazirlik va idoralari o‘rtasida neft-gaz, energetika, fan-ta’lim, ekologiya, transport-logistika, turizm va sport sohalaridagi aloqalarni izchil rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolandi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov muzokaralar o‘zaro hurmat, ishonch va ishchanlik ruhida o‘tganini, erishilgan kelishuvlar istiqbolda O‘zbekiston – Turkmaniston hamkorligini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishini ta’kidladilar.
“Turkmaniston va O‘zbekiston xalqaro maydonda bir-birini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi kabi xalqaro tuzilmalar doirasida ham izchil hamkorlik qilinmoqda. Bugun imzolangan hujjatlar o‘zaro hamkorligimizning ko‘lamini kengaytirib, uning rivojiga yangi sur’at baxsh etadi.Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkmaniston prezidentiTurkmanobod—Farab avtomobil va temir yo‘l ko‘priklarining ochilishi samarasida yuk tashish ko‘rsatkichi 2,5 barobar ortgani qayd etildi.
Muzokaralarda mamlakatlar manfaatlari mushtarakligi, ko‘p qirrali munosabatlarni har tomonlama rivojlantirish uchun qat’iy xohish mavjudligi, ikki davlat o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun ulkan salohiyat va imkoniyatlarga ega ekani ta’kidlandi.
Izoh (0)