Twitter mikroblog servisining ishlashida oxirgi bir necha soat ichida ikki marta uzilish davri kuzatildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
AQSh Sharqiy qirg‘og‘i vaqti bo‘yicha soat 1:00 da ijtimoiy tarmoqdagi uzilishlar ustidan shikoyatlar soni keskin oshib ketdi. Bu davr ichida 1977 ta shikoyat qabul qilindi. Ikkinchi marta esa AQSh Sharqiy qirg‘og‘i vaqti bilan soat 10:00 da 2489 shikoyat kelib tushdi.
“Ayrim foydalanuvchilar kirishda qiynalmoqda. Biz voqeadan xabardormiz va nuqsonlarni bartaraf qilish ustida ishlamoqdamiz”, — ma’lum qildi kompaniya vakillari.
Twitter’ning o‘zbekistonlik foydalanuvchilarida ham ushbu muammo kuzatilgan.
Izoh (0)