Chempion bo‘la olmasa-da, so‘nggi uch mavsumni olqishlar bilan yakunlayotgan Londonning “Tottenhem” klubi APLning qoldirilgan so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi va safarda “Lester” darvozasiga 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Bellashuvda Harri Keyn poker qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Chempion bo‘la olmasligi aniq bo‘lib ulgurgan bo‘lsa-da, “Tottenhem” futbolchilarida beparvolik boshlanmadi va ular “Chelsi”dan qolib kelayotgan barcha alamni ko‘k formalarda to‘p suruvchi boshqa bir klub — mamlakatning endilikdagi sobiq chempioni “Lester”dan olib qo‘ya qoldi.
Chempionlar ligasining chorak finaliga qadar yetib bora olgan “Lester” uchun bu mavsumdagi eng yirik mag‘lubiyat bo‘ldi. “Tottenhem” uchun esa eng yirik g‘alaba.
Angliya Premyer-ligasi 34-tur. Qoldirilgan o‘yin 18-may, payshanba
Izoh (0)