Eron AQSh harakatlariga javob tariqasida Amerikaning to‘qqizta kompaniyasi va jismoniy shaxsiga nisbatan sanksiyalar joriy etadi. Bu haqda mamlakat TIV bayonotida ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
“Joriy yilning fevralida Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq hamda AQSh ma’muriyatining noqonuniy harakatlariga javoban xalqaro huquq va inson huquqlari me’yorlarini buzishga bevosita yoki bilvosita daxldor bo‘lgan to‘qqiz nafar Amerika kompaniyasi va jismoniy shaxsi Eron Islom Respublikasi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritiladi. Ushbu kompaniyalar va shaxslar ro‘yxati hokimiyatning yuqori turuvchi organlari tomonidan tasdiqlangandan so‘ng e’lon qilinadi”, — deyiladi bayonotda.
17-may, chorshanba kuni AQSh moliya vazirligi Eronning ballistik raketa ishlab chiqarish bo‘yicha dasturiga aloqador uch nafar shaxs va to‘rtta tizimni sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shdi. Tegishli bildirgi Amerika moliya boshqarmasi saytida chop etilgan edi.
Izoh (0)