AQSh harbiy-havo kuchlari Suriyada hukumat tarafdori bo‘lgan otryadlarga zarba berdi. Ushbu otryadlar, o‘z navbatida, AQShni yoqlovchi kuchlarga hujum qilgan, deb xabar bermoqda “TASS”.
Reuters agentligi mazkur axborotni AQSh ma’muriyatidagi manbalariga tayangan holda tarqatmoqda, ammo boshqa agentliklar hozircha bu ma’lumotni tasdiqlamadi.
Nomi keltirilmagan manbaning bildirishicha, Damashq tomonida turib jang qilayotgan ko‘ngilli otryad avtokolonnasi AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan guruhga qarshi chiqqan.
Voqea Suriya janubidagi, Iordaniya chegarasi yaqinidagi at-Tanf shahri yaqinida ro‘y bergan. Shu shahar atrofida Suriya armiyasining bazasi joylashgan.
Izoh (0)