O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Aziz Haydarov “Ash-Shabab”ni tark etdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.
Haydarov “Ash-Shabab” safiga 2011-yil — “Bunyodkor”dagi faoliyati orqali qo‘shilgandi. O‘tgan 6 yil davomida “Ash-Shabab” bir marta ham BAA chempionligini qo‘lga kirita olmadi.
“Ash-Shabab” yakuniga yetgan Amirlik ligasini 8-o‘rinda tugatdi. Shundan so‘ng Haydarov klubi bilan xayrlashishga qaror qildi.
Endilikda u faoliyatini “Ajman” klubida davom ettiradi. Kelishuv bir yilga mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, “Ajman” BAA quyi ligasida chempionlikni qo‘lga kiritib, kuchlilar orasiga yo‘l olgandi.
Izoh (0)