14-may kuni Toshkent shahri hududida ikkita yo‘l-transport hodisalari qayd etildi, ularda ikki kishi tan jarohati oldi. Bu haqdagi ma’lumot poytaxt IIBBning rasmiy saytida keltirildi.
Bundan tashqari, hisobot davrida YPX inspektorlari tomonidan jami 3375 ta qoidabuzarliklar bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan 1068 tasini qo‘pol turdagi qoidabuzarliklar, 28 tasini mast holda transport vositasini boshqarish huquqbuzarliklarini tashkil etdi.
Toshkent shahar IIBB YHHBning Yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashning kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan shu kuni jami 1186 ta qoidabuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 598 tasi svetoforning taqiqlovchi signaliga bo‘ysunmasdan harakatlangan, 588 tasi belgilangan tezlikni me’yoridan yuqori tezlikda harakatlanish qoidabuzarliklarini tashkil etdi.
Izoh (0)