Buyuk Britaniyaning Sautgempton shahrida istiqomat qiluvchi 29 yoshli ishsiz fuqaro Devid Brayan mamlakat bosh vaziri Tereza Meyga uy eshigini ochmadi. Bosh vazir Konservativ partiyadan mahalliy nomzod Pol Xolmsni qo‘llab-quvvatlashni targ‘ib qilish uchun erkakning uyiga kirmoqchi bo‘lgandi, deb yozadi TJournal.
Brayan Twitter’dagi sahifasiga uyining tashqarisida o‘rnatilgan kamera orqali Mey va Xolmsni kuzatayotgani, keyin esa oyna oldiga borib ularning ketayotgani aks etgan videoni yukladi.
https://twitter.com/eldavemachine/status/862648432615448576
Bu vaqt Tereza Mey eshigim oldiga keldi, ammo men javob berishdan qo‘rqdim.Keyinroq Brayan siyosat haqida so‘zlasha olmasligini va suhbat uchun mavzu topolmasligini tan oldi. Shuningdek, britaniyalik erkakni bosh vazirning qattiqqo‘ligi cho‘chitdi.Devid Brayan
Joriy yilning aprel oyi oxirida Shotlandiyaning Aberdinshir viloyati fuqarolari mahalliy nomzodni qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqchi bo‘lgan Tereza Meyga shunga o‘xshash munosabatda bo‘lgan edi.
Izoh (0)