O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov Samarqand viloyatidagi 7 tumanda IIB rahbarlarini almashtirdi. Bu haqda “Na postu” gazetasiga tayanib, “Uznews.uz” xabar bermoqda.
Bulung‘ur, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod, Samarqand, Poyariq, Jomboy va Oqdaryo tumanlari IIB boshliqlari vazifasidan ozod etildi.
Podpolkovnik Sodiqjon Abduhakimov Bulung‘ur, mayor Ilyos Abduqahhorov Kattaqo‘rg‘on, podpolkovnik Aslamjon Ochilov Nurobod, podpolkovnik Abdurasul Sulaymonov Samarqand, podpolkovnik O‘ktam Mamatqulov Poyariq, podpolkovnik Akram Halimov Jomboy, mayor Elyor Nurmamatov Oqdaryo tuman IIB boshlig‘i etib tayinlandi.
Izoh (0)