11-may kuni soat 08:00 dan 12-may soat 08:00 ga qadar Toshkent shahrida ikkita yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy sayti ma’lumot berdi.
Birinchi yong‘in — 11-may kuni soat 20:17 da Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi, 90-uy, 62-xonadonda 8 kvadrat metr maydonida uy jihozlari yongan. Yong‘inning taxminiy sababi — elektr uskunalarining nosozligi.
Ikkinchi yong‘in — 12-may kuni soat 06:50 da Bektemir tumani, Ixlos ko‘chasi, 16-uy xovlisida 8 kvadrat metr maydonida hujra yongan. Yong‘inning taxminiy sababi — olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish.
Izoh (0)