O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbari Si Szinpinning taklifiga binoan 11-may kuni Pekinga kelgan edi. Tashrifning asosiy voqealari 12-may, juma kuni boshlandi.
Shu kuni Butunxitoy xalq vakillari kengashi binosida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va Xitoy davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy rahbari Si Szinpinning ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Ikki davlat rahbarlarining kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvidan so‘ng hujjat imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi Qo‘shma bayonotni imzoladi.
Izoh (0)