GM Uzbekistan AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan Spark avtomobili Gollivud filmlaridan birida qahramon sifatida ishtirok etgan. “1news.uz” nashri ana shu filmga e’tibor qaratdi.
Kompaniyaning Facebook’dagi rasmiy sahifasiga tashrif buyuruvchilar bu filmni tezda topdi. Bu 2009-yilda chiqqan “Transformerlar 2: Mag‘lublar qasosi” filmi bo‘lib, rejissor Maykl Beyning 2007-yilda taqdim etilgan “Transformerlar” filmining davomi hisoblanadi. Spark bu filmda transformer sifatida ishtirok etgan.
Izoh (0)