Uber bosh direktori Trevis Kalanik Twitter’dagi sahifasida Uber Freight xizmati yorlig‘iga ega birinchi yuk mashinasi fotosini joylashtirdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
“Uber anchadan beri yuk tashish bilan qiziqib keladi. Bu murakkab, qiziqarli va ayrim nozik jihatlardan xoli bo‘lmagan biznes. Unga kirish oson bo‘lmaydi, biroq bu menga ilohom bag‘ishlaydi”, — deya ta’kidladi Trevis Kalanik.
Freight yordamida Uber haydovchilar va buyurtmachilardan 15-20 foiz haq oluvchi vositachilarni yo‘qotishni rejalashtirmoqda.
Yuk tashish qiymati turli omillar — yoqilg‘i, sug‘urta va inflyatsiya ta’siri ostida o‘zgarishi mumkin. Biroq kompaniya Freight faoliyati vositachilar bilan ishlashdan ko‘ra samaraliroq bo‘lishiga umid qilmoqda.
Izoh (0)