Snapchat asoschilari Evan Shpigel va Bobbi Myorfi kompaniya joriy yil birinchi choragi yakunlari bo‘yicha moliyaviy natijalarini e’lon qilganidan so‘ng har biri 1 milliard dollardan yo‘qotdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Snap aksiyalari qiymati 25 foizga, 17,12 dollargacha pasaydi. Kompaniyaning moliyaviy natijalari tahlilchilar hafsalasini pir qildi.
Messenjer birinchi chorakda ko‘rgan zarar 188,2 million dollarni tashkil etdi. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 93,2 million dollarni tashkil etgandi.
Izoh (0)