Turkiyada “Vikipediya” blok qilindi. Bu haqda, CNN Turk’ga asoslanib, Meduza xabar bermoqda.
Hurriyet Daily News’ning yozishicha, eng yirik onlayn-ensiklopediyaning barcha tillardagi versiyalari butun mamlakat bo‘ylab blok qilingan. Cheklov 29-aprel kuni mahalliy vaqt bilan 8:00 dan kuchga kirgan.
“Vikipediya”ga kirishga cheklov qo‘yilishi sabablari hozircha rasman ma’lum qilingani yo‘q.
Avvalroq bir qator OAVlarda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan referendumdan so‘ng “Vikipediya” foydalanuvchilari Erdo‘g‘on haqidagi maqolalarni tahrirlab, uni diktator deb ta’riflayotgani haqida xabar bergan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)